BU KITOB QANDAY VA NIMA SABABDAN YOZILDI?

Keyingi o'ttiz besh yil davomida Amerika nashriyotlari ikki yuz mingdan ortiq turli kitoblarni bosib chiqardi. Ularning aksariyati haddan ziyod zerikarli bo'lib. ko'pchiligi esa moliyaviy tomondan o'zini oqlamas edi. Men ko'pchiligi deb aytdimmi? Dunyodagi eng yirik nashriyotlardan birining boshqaruv raisi yaqinda menga iqror bo'lib bir gapni aytdi. Uning yetmish besh yillik kompaniyasi yetarli tajribaga ega bo'lsa-da, har sakkizta nashr qilingan kitobning yettitasi zarar ko'radi.
Shunday ekan, men nima uchun mulohaza qilib ko'rmay, yana bir kitobni yozmoqchi bo'ldim? Va nima uchun bu kitobni yozib bo'lgach, siz o'zingizni urintirib, uni o'qib chiqishingiz kerak?
Yuqoridagi har ikkala savol ham o'rinli bo'lib, ularga javob berishga harakat qilaman.
Bu kitob nima uchun va qanday yozilganini izohlash uchun, afsuski, Louell Tomas tomonidan yozilgan kirish so'zida keltirilgan ayrim dalillarni, sizga ma'lum bo'lsa xam, takrorlashga to'g'ri keladi.
1912 yildan boshlab men Nyu-Yorkda ishbilarmoi doiyra vakillari va mutaxassislar, erkak va ayollar uchun kurs mashg'ulotlaripi olib bordim. Dastlab mening kursim faqat notiqlik san'ati bilan chegaralanib qolgan va o'z oldiga yoshi katta kishilarning fikrini tezroq, jamlash hamda uni bayon etishga - ish bilan bog'lik, suhbatlarda, keng auditoriya huzurida aniq, ravshan, ishonarli va o'ziga ishongan holda o'rgatishni maqsad qilib qo'ygan edi.
Vaqt o'tishi bilan bu odamlar omma oldida so'zga chiqishga shunchalik muhtojlik sezdilarki, endi odamlar bilan nozik muomala qilish, unda ish yuzasidan bo'ladigan uchrashuvlar va shaxsiy muloqotlarda uning ahamiyatini ko'proq anglab boshladilar. Men buni asta-sekin tushundim.
O'zim ham ana shunday tayyorgarlikka muhtoj ekanligimni anglay boshladim. O'tgan shuncha yillar aro ortga qayrilib qarasam, hayratga tushaman: mening o'zim kerakli me'yor va sharoitni hisobga olish sohasidan uzoqlashib ketibman. Bundan yigirma yil muqaddam ixtiyorimda shunday kitob bo'lishini qanchalik istagan edim-a? Bu men uchun naqadar bebaho mukofot bo'lardi?
Atrofdagi odamlar bilan muloqot, shubhasiz, ishbilarmonlar dunyosidagi kishilar oldiga har qanday muammolarni yuzaga keltiradi. Bu hol uy bekasi uchun xam, me'mor, muhandis uchun ham birdek zaruratdir. Bir mecha yil muqaddam Karnegi fondi himoyasida o'qituvchilar malakasini oshirish maqsadida o'tkazilgan tadqiqot muhim va ko'p qirrali dalilni ochib berdi. Bu keyinchalik Karnegi texnologik instituti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot tufayli tasdiqlangan edi. Mazkur tadqiqotlarning ko'rsatishicha, moliyaviy munosabatda va uning tarmoqlari hisoblanmish iqtisod va mashinasozlikda, xatto mutaxassislar ham faqat o'zlaridagi texnikaga doir o'n besh foiz bilimlar tufayli, qolgan 75 foizi hamkasb bilan muomala qilish, ya'ni odamlar bilan muloqot qilishda, rahbarlikda muvaffaqiyatga erishar ekan.
Men uzoq yillar mobaynida har yili Filadelfiyadagi muhandislar klubida, shu bilan Nyu-Yorkdagi Amerika muhandis-elektriklar institutida kurs mashg'ulotlari o'tkazdim. Umuman aytganda, kurslarim orqali deyarli bir yarim ming muhandislar bilan muloqotda bo'ldim. Ushbu kurslarimdan o'tishlariga sabab shuki, ular ko'p yillik tajriba asosida bir narsani tushundilar. Garchi katta maosh olib ishlab, texnika sohasida yetuk mutaxassis bo'lsalar-da, ayrim tomonlarni boshqarishga noqislik sezganlar. Masalan, ellik yoki yetmish besh dollarni har hafta to'lab oddiy muhandis, hisobchi, me'mor yoki boshqa sohadagi mutaxassisni darrov topish mumkin. Bunday mutaxassislar hamisha to'lib-toshib yotadi. Ammo texnik bilimlarni egallash bilan birga shu qobiliyati yoniga rahbarlik roliga ega bo'lib, odamlarda g'ayrat-shijoatni tug'diradigan bunday odam doimo eng yuqori maosh olib ishlaydi.
Faoliyati eng gullab-yashnagan davrda Jon J.Rokfeller Metyu Brashga shunday degan edi: Odamlar bilan muomala qilish uquvi ham bamisoli mol-mahsulotga o'xshaydi, uni ham biz xuddi qand yoki qahva kabi sotib olamiz... Men xuddi shunday uquv uchun dunyodagi boshqa hamma narsadan ko'proq haq to'layman.
Mamlakatning har bir kolleji o'z dasturiga bizning dunyo uchun zarur bo'lgan kobiliyatlarni o'rganishni kiritishi tabiiy emasmi? Hozircha menga bu kursning yoshi kattalar uchun mo'ljallangan amaliy kursi jilla qursa, mamlakatning bitta kollejida tashkil etilganida ham yaxshi bo'lar edi.
Chikago universiteti va birlashgan maktablar sho'basi tadqiqot o'tkazib, yoshi kattalar haqiqatan ham nimani o'rganmoqchi bo'lishganini aniqladi.
Mazkur tekshiruv ishlari ikki yil davom etdi va yigirma besh ming dollarga tushdi. Uning yakunlovchi qismi Konnektikut shtatidagi Meridenada o'tkazildi. Bu shahar Amerika uchun xos shahar sifatida tanlangan edi. Meridenning har bir fuqarosi 156 ta savolga javob bermog'i lozim edi: Siz nima bilan shug'ullanasiz va kasbingiz nima?, Ma'lumoting qanday?, Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazasiz?, Daromadlaringiz qancha?, Xobbingiz nimadan iborat?, Nimaga intilasiz?, Muammolaringiz nimalardan iborat?, Siz hammadan ko'ra qaysi predmetlarni o'rganishni xohlaysiz? va hokazo... Bu so'rovlar va tekshirishlarning ko'rsatishicha, yoshi kattalarni hammadan ko'proq, sog'ligi qiziqtirar ekan. Ularning odamlarga qiziqishi ikkinchi o'rinda turadi; ular bilan qanday til topishish mumkip; odamlarga yoqish uchun nimalar qilish kerak, ularni o'z nuqtai nazaringizga moyil etishda qay tarzda ish tutish zarur kabi masalalar turadi.
Yakunida ushbu masala bilan shug'ullangan qo'mita kattalar uchun Meridenda tegishli kurs mashg'ulotlari o'tkazishga qaror qildi.
Qo'mita a'zolari mazkur masala bo'yicha amaliy qo'llanma yoki darslik axtarishdi, ammo barcha harakatlari zoe ketdi. Nihoyat ular kattalarni o'qitish sohasida mashxur bo'lgan g'oyat baobro' kishilardan biriga murojaat qilib, birorta qo'llanma yo'qmi, bu guruh odamlarining talabini qondiradigan biron darslikni tavsiya eta olmaysizmi, deb so'rashdi. Yo'q - degan javob bo'ldi, - bilaman, bu odamlar nimani xohlashadi. Ammo bunday qo'llanmani hali hech kim tuzgan emas.
Shaxsiy tajribamdan shuni bilamanki, bunday bayonot xaqiqatga mos, chunki mening o'zim bir necha yil davomida amaliy, barcha talablarga javob beradigan, odamlar o'rtasidagi munosabatlardan bahs etuvchi darslikni izlash bilan shug'ullandim.
Bunday darslik mavjud emas edi, shu bois uni o'zim yozishga kirishdim, undan kurslarimda foydalanmoqchi bo'ldim. Mana o'sha kitob. Umid qilamanki, u sizlarga ma'qul bo'ladi.
Kitob ustida ishlashda ushbu mavzuga doir nimani topsam, barini qayta o'qib chiqdim. Doroti Diks asarlaridan tortib, Ota-onalar uchun jurnaldagi nikohi bekor qilingan jarayonlar bayonnomasigacha, professorlardan Ovestrit, Alfred Adler va Uilyam Jeymsning ilmiy ishlarigacha - barini ko'zdan kechirib chiqdim. Shu bilan birga bir yarim yil kutubxonalarda ishlab, men ulgura olmagan psixologiyaga doir yuzlab gazeta maqolalarni o'qib, fikrlarini jamlagan tajribali ilmiy xodimni ham taklif etdim. Va dunyodagi barcha davrlarning ulug' kishilari boshqalar bilan qanday muloqot qilganlarini o'rganib chiqdim. Biz barcha davr daholarining tarjimai hollarini o'rgandik. Yuliy Sezardan Tomas Edisongacha bo'lgan mashxur shaxslarning hayotiy yozishmalari bilan tanishib chiqdik. Shuni eslaymanki, faqat Teodor Ruzveltning yuzdan ortiq tarjimai hollarini o'rgangan ekanmiz. To'la-to'kis qat'iyat bilan biz vaqtni ham, mablag'ni ham ayamay asrlar davomida do'stlar orttirish hamda atrofdagi odamlarga ta'sir o'tkazishga doir amaliy usullarni bayon etishga intildik.
Mening o'zim muvaffaqiyat kozongan juda ko'plab kishilar bilan shaxsan suhbatlashdim. Ular orasida Markopi, Franklin, Delano Ruzvelt. Ouen D.Yang, Klark Gaybl, Meri Pikford, Martin Jonson kabi shaxslar bor edi. Men ular atrofidagi kishilar bilan muomalada bo'lishda qanday usullardan foydalanishganini izohlashga harakat qildim.
Ushbu materiallar asosida men qisqacha suhbatlar majmuini tayyorlab, uni Do'st orttirish va odamlarga ta'sir ko'rsatish haqida deb nomladim. Men qisqacha suhbatlar dsdim. Dastavval u haqiqatan ham qisqa edi, endi esa ma'ruzaga aylanib, bir yarim soatni o'z ichiga oladi. Bir necha yillar davomida men bu ma'ruzani katta yoshdagi kishilar uchun Nyu-Yorkdagi Karnegi instituti kurslarida o'qidim.
Men ushbu ma'ruzani o'qir ekanman, uning talablarini tinglovchilar amaliyotga sinab ko'rishlari, o'z mutaxassisliklari doirasida, ish jarayonida, tanishlar bilan bo'lgan muomala, munosabatda tekshirib ko'rishlarini, so'ngra sinfga qaytib, o'z tajribalari haqida gapirishlari hamda qo'lga kiritilgan natijalar to'g'risida hikoya qilib borishlarini talab qilib turib oldim. Naqadar qiziqarli topshiriq! O'z-o'zini kamolga yetkazishga nixoyatda chanqoq bu odamlarni ish istikboli mutlaqo yangi tipdagi laboratoriya - ya'ni laboratoriya tarixidagi birinchi va yakkayu yagona, odamlar o'rtasidagn munosabatlar muammolari bilan mashg'ul bo'lgan laboratoriya o'ziga qaratib oldi.
Mazkur kitob oddiygina so'zda aytilgandek, oson yozilgani yo'q. Xuddi chaqaloq o'sib-ulg'ayganidek, u ham o'sa bordi. U minglab odamlarning tajribasi asosida o'ziga xos bo'lgan laboratoriyada o'sdi, rivojlandi.
Bir necha yil muqaddam biz o'z faoliyatimizni pochta xatjildidan uncha katta bo'lmagan kartochkaga yozilgan kator qoidalarni ishlab chiqish bilan boshlagan edik. Keyingi yil bu kartochkani kattaroq hajmda chiqardik, so'ng varaqa, so'ng risolalar seriyasi shaqlida chiqardik. Ularning har biri hajmi va o'lchami to'xtovsiz ravishda oshib bordi. Va, mana, o'n besh yillik tajriba, tadqiqot evaziga bu kitob dunyo yuzini ko'rdi.
Biz tomonimizdan bayon etilgan qoidalar butunlay nazariy muhokamalar hamda o'ylab topilgan fikrlardan iborat emas. U mo'jizaviy ta'sirga ega. Garchi bu unchalik ishonarli jaranglamasa-da, uni amalga oshirish tufayli ko'pgina kishilarning hayoti tubdan o'zgarib ketganini ko'rdim.
Buni misol bilan tushuntiraman. O'tgan yili kursimizga bir kishi keldn. Uning qo'l ostida o'ttiz to'rt xizmatchi ishlar edi. U ilgari bir necha yil davomida tahlilsiz, hisob-kitobsiz o'z xizmatchilarining barini ta'qib etish, tanqid va haqorat qilish bilan shug'ullanib kelgan. Shirin so'zlar, maqtov va rag'batlantirish biror marta bo'lsin, og'zidan chiqmagan. Ushbu kitobda tahlil etilgan qoidalarni o'rganganidan so'ng bu tadbirkor o'zining hayotiy falsafasini tubdan o'zgartirdi. Endi uning tashkilotida yangi muhit, uning uchun yangicha g'ayrat-shijoat, shungacha xayoliga kelmagan jamoaviylik hukm surmoqda. O'ttiz to'rtta ashaddiy dushman o'ttiz to'rtta do'stga aylandi. Guruh mashg'ulotlaridan birida u mag'rur holda turib, shunday degan edi: Agar ilgari korxonaga kirgudek bo'lsam, hech kimning men bilan ro'para kelgisi kelmas edi. Xizmatchilarimga yaqin kelsam, yuzlarini ters o'girishardi. Endi esa ular mening do'stlarimga aylanishgan, xatto darbon ham mening ismimni aytib, murojaat qiladi.
Hozir bu tadbirkorning daromadi ham ancha oshgan, uning dam olish vaqti yetarli, bu juda muhim, albatta; u o'zini ishda va oilaviy doirada juda baxtli his etadi.
Mazkur tamoyillarni qo'llagan son-sanoqsiz tijoratchilar o'zlarining savdo operatsiyalarini keskin ravishda kengaytirdilar, ularning aksariyati bankda yangi hisob rakami ochdi, vaholanki, shu paytgacha uni ochishga behuda urinib yurishgan edilar. Ma'muriy xodimlarning esa obro'si va maoshi oshdi. O'tgan yili bir rahbar xodim yillik daromadi besh ming dollarga oshganini ma'lum qildi. U bunga kursda tilga olingan qoidalarga rioya qilgani tufayli muyassar bo'lganligi haqida gapirib berdi. Filadelfiyadagi Ges uorks kompanining masul xodimi odamlar ustidan rahbarlikni yetarli ta'minlay olmagani va murosa qila olmagani uchun mansabini pasaytirishni o'ylab qolishgan edi. Bizning kurslarda ta'lim olish oltmish besh yoshli bu kishini mansabini pasaytirishdan qutqaribgina qolmay, balki uni yanada yuqori maosh to'lanadigan amalga ko'tarishga sababchi bo'ldi.
Kursning yillik yakunlanishi munosabati bilan har yili o'tkaziladigan ziyofatda tinglovchilarning xotinlari menga ularning oilaviy hayotlari yanada yaxshilangani, bu hol erlari kurslarga qatnagandan keyin ro'y berganini gapirib berardilar.
Ayrim tinglovchilarni yangi muvaffaqiyatlarga qanday erishishgani, yangi muvaffaqiyatni qanday egallagani hayron qoldiradi, Bularning bari ularning nazarida xuddi sehrgarlikka o'xshab ko'rinadi. Shunday voqealar ham ro'y berdiki, ular hayajonga tushib, yakshanba kuni uyimga qo'ng'iroq qilishar, erishgan muvaffaqiyatlari haqida navbatdagi mashg'ulotda gapirib berish uchun 48 soatni qanday kutamiz, deyishardi.
O'tgan yili bir tinglovchimiz tilga olingan tamoyillar to'g'risidagi bahsga azbaroyi kirishganidan, boshqa tinglovchilar bilan birga yarim kechagacha qolib ketdi. Ertalab uchda bari uy-uylariga tarqalishdi. u esa o'zining yo'l qo'ygan shaxsiy xatolaridan xijolat bo'lgan va ro'parasida turgan yangi, yanada kengroq istiqbollardan hayajonga tushib, aynan shu kech uxlay olmadi. U o'sha tunda ham, keyingi tunda ham aslo ko'z yuma olmadi.
U kim edi o'zi? Soddadil, kam ma'lumotli, yangi paydo bo'lgan har bir nazariyaga safsata sotadigan kishimi? Mutlaqo unday emas. Aksincha, u tajriba va ishda obdon chiniqqan, san'at asarlarini oladigan, ikki universitetni chet elda bitirgan aslzoda odamdir.
U ushbu bo'lim ustida ter to'kayotganimda, bitta nemis aslzodasidan maktub oldim. U eski tartib tarafdori, ularning ota-bobolari Gogensollernaxlar davrida doimiy xizmatdagi ofitser bo'lib xizmat qilishgan. Transatlantika aro paroxoddan tashlangan bu xatda u diniy pafos bilan so'z yuritar ekan, bizning qoidalarga rioya qila boshlaganini bayon etgan edi.
Bizning boshqa tinglovchimiz - Garvard universitetini tugatgan, Nyu-York shahrining eski fuqarosi, boy-badavlat (uning gilam ishlab chiqaradigan fabrikasi bor) kishi bo'lib, ismi aslzodalar ro'yxati bitilgan katalogda kattagina o'rin olgan. Uning aytishiga ko'ra, u kollejda to'rt yil o'qiganidan ko'ra bizning yangi o'qitish tizimimiz yordamida o'n to'rt haftada ko'proq narsani, ya'ni odamlarga nozik ta'sir ztish sirlarini o'rgangan. Bu bema'nilikmi? Kulgilimi? Hayotiymi? To'g'ri, siz bu ta'kidlashni gumon ostiga qo'yishingiz mumkin, o'rniga o'zingizga yoqqan sifatlashni qo'yishingiz mumkin. Men esa Garvard universitetini muvaffaqiyatli tugatgan konservativ kayfiyatdagi bitiruvchisining so'zlarini keltiraman. U 1933 yil 23 fevralda Nyu-Yorkdagi Yeldagi 600 kishi yig'ilgan klubda ushbu so'zlarni aytgan edi:
Biz qanday bo'lishimiz bilan solishtirilganda, - deydi Garvard univeritetining mashhur professori Uilyam Jeyms, - hali yarim mudroq tarzda bo'lamiz. Biz o'zimizning jismoniy va aqliy resurslarimizdan hali juda kam foydalanamiz. Umuman aytganda, odam o'zining imkoniyat darajasiga muvofiq yashamaydi. U har birimiz deyarli foydalanmaydigan turli xildagi qobiliyatlarga ega.
O, bu deyarli foydalanilmaydigan qobiliyatlar-a? Kitobimning yagona maqsadi - ana shu ochilmagan, siz nazar-pisand qilmaydigan qadriyatlarni bayon etish, rivojlantirish va samara bilan o'zi uchun foydalanishiga yordam berishdan iboratdir.
Prinston universitetining sobiq prezidenti Jon Xibben: Ma'lumot har qanday tirikchilik vaziyatlarida to'g'ri harakat qilish ko'nikmasi demakdir, deb aytgan edi.
Agar siz ushbu kitobning uch bulimini o'qiganingizdan so'ng tirikchilik talab qilgan har qanday vaziyatlarda yaxshiroq, harakat qilmaydigan bo'lsangiz, garchi gap siz to'g'ringizda borsa ham, men uni befoyda, deb hisoblayman. Holbuki Gerbert Spenser shunday degan edi: Ilmning buyuk maqsadi, bu - faqat bilim emas, balki harakatdir. Bu kitob esa harakatlar kitobi hisoblanadi.
